“Chelsi” moliyaviy qoidabuzarliklar uchun jazolandi
Sport
−
10:37 388 1 daqiqa
Londonning “Chelsi” futbol klubi rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich davrida sodir etilgan moliyaviy qoidabuzarliklar uchun 10,75 million funt sterling (taxminan 14 million AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 2024 yilning mart oyida “Chelsi” Abramovich davridagi moliyaviy hisobotlardagi kamchiliklar sabab, hatto Premer-ligadan chiqarib yuborilishi mumkin bo‘lgan. Shu yil sentyabr oyida esa Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) London klubini 74 ta qoidabuzarlikda ayblagani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur qoidabuzarliklar 2009-2022 yillar oralig‘ida sodir etilgan bo‘lib, asosan vositachilik (agentlik) qoidalari hamda futbolchilarga investitsiya kiritish bilan bog‘liq tartiblarning buzilishi bilan izohlangan. Ularning katta qismi 2010-2011 yilgi mavsumdan keyingi besh yil ichida yuz bergan.
Xabarlarga ko‘ra, ikki intizomiy ish yakunlari bo‘yicha “Chelsi” 10,75 million funt sterling jarimaga tortilgan. Shuningdek, klub akademiya futbolchilariga nisbatan 9 oylik transfer taqiqi, asosiy jamoa uchun esa bir yillik shartli transfer taqiqi qo‘llanilgan. Ushbu choralar ikki yil davomida sinov muddati bilan bog‘langan.
Bundan tashqari, klubga nisbatan FA tomonidan olib borilayotgan alohida intizomiy ish hali ham davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Citi” ham moliyaviy qoidabuzarlikda ayblanayotgan edi.
Live
Barchasi