“Chelsi” qozog‘istonlik futbolchi uchun qancha to‘lashi aniq bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubi tez orada qozog‘istonlik futbolchi Doston Satpayev transferini e’lon qiladi va 16 yoshli hujumchi uchun 4 million yevro sarflaydi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, London klubi Satpayev transferi uchun “Qayrat” klubiga 4 million yevro hamda qo‘shimcha bonuslar to‘laydi va bu qozoq futboli tarixidagi eng yirik transferga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Satpayev joriy mavsum UEFA yoshlar ligasida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 1 ta gol va assist yozdirib qo‘ydi. U faoliyati davomida “Qayrat” bilan Qozog‘iston yoshlar chempionatida g‘olib bo‘lgan. Satpayevning joriy klubi bilan shartnomasi keyingi yil oxiriga qadar tuzilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik Abduqodir Husanovning “Lans”ga o‘tganidan keyin har kuni o‘rtacha qancha miqdorga qimmatlashgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Fabritsio Romano Abduqodir Husanov Qayrat Doston Satpaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing