“Chelsi” Felishni to‘liq sotib olmoqchi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubi 2023 yilning yozida “Atletiko Madrid”dan portugaliyalik hujumchi Joau Felishni to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda “Cadena Ser” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ingliz klubi 23 yoshli futbolchining to‘liq transferi uchun taxminan 80 million yevro taklif qiladi. Felish “Chelsi”ga 2023 yilning qishida “Atletiko Madrid”dan ijaraga o‘tgandi. Londonliklar portugaliyalik futbolchining ijarasi uchun 11 million yevro to‘ladi. Shuningdek, “Chelsi” Felishning butun maoshini o‘z zimmasiga oldi.

Joau Felish 2019 yilning yozida “Benfika”dan “Atletiko Madrid”ga ko‘chib o‘tgandi, madridliklar Joau uchun uchun rekord summa – 126 million yevro to‘lagan.

Hozircha, hujumchi “Chelsi” tarkibida uchta o‘yin o‘tkazib bitta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Felish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing