“Chelsi” Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi
Sport
−
11:02 1867 1 daqiqa
Londonning “Chelsi” jamoasi yanvar oyidagi transfer oynasi oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovni kuzatayotgan klublar qatorida. Bu haqda “Caught Offside” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Husanovning “Manchester Siti” tarkibida muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tusha olishi hozircha noma’lum. Shu bois “Chelsi” 22 yoshli futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, Premer-liganing yana uchta klubi ham Husanov transferini ko‘rib chiqayotgani aytilgan. Hozircha bu qaysi jamoalar ekani ma’lum qilinmagan.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Abduqodir Husanovning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi