“Chelsi” 150 ming funt sterling jarimaga tortildi
Sport
−
14:57 254 1 daqiqa
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Londonning “Chelsi” klubini Angliya Premer-ligasi 18-turidan o‘rin olgan “Aston Villa”ga qarshi uchrashuvidan keyin klub xodimining noo‘rin xatti-harakati uchun 150 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda FA rasmiy saytida ma’lum qilindi.
2025 yilning dekabr oyi oxirida Londonda bo‘lib o‘tgan 18-tur uchrashuvi mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. Ma’lum bo‘lishicha, final hushtagi chalinishi bilanoq “Chelsi” xodimi “Aston Villa”ning texnik maydoniga plastik shisha uloqtirgan.
FA “aristokratlar”ga ushbu voqea aks etgan videoyozuvni yuborib, aybdor shaxsni aniqlashni talab qilgan. Biroq na klub, na assotsiatsiyasi qoidabuzarni sodir etgan shaxsni aniqlay olgan. Shunga qaramay, “Chelsi” sodir bo‘lgan holat bo‘yicha javobgarlikni tan olgan.
“Chelsi” o‘z futbolchilari yoki texnik zonadagi tegishli xodimlarni final hushtagidan keyin noo‘rin, provokatsion yoki tajovuzkor harakatlar qilmasligini ta’minlay olmadi. Shu sabab tashkilot klubga 150 ming funt sterling miqdorida jarima soldi”, deyiladi FA bayonotida.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” hozirda Premer-liga turnir jadvalida 34 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi