“Cheksiz uzr so‘raymiz”. “UzAuto Motors” Captiva 5 bo‘yicha bayonot berdi
Jamiyat
−
20 noyabr 2021
45079“UzAuto Motors” kompaniyasi xaridorlarga Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya rasmiy bayonotida aytilgan.
“UzAuto Motors” kompaniyasi xaridorlarga Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishni to‘xtatishga majbur.
Yuzaga kelgan holat kompaniya tarixida birinchi bor yuz berishi, lekin, biz bugungi kunda jahon avtomobil sanoati og‘ir kunlarni boshdan kechirayotganligi va bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emasligini bir necha bor xabar qilganmiz.
Shu munosabat bilan, “UzAuto Motors” AJ rahbariyati va jamoasi o‘z mijozlarimizdan keltirilgan noqulayliklar uchun cheksiz uzr so‘raydi hamda ayni paytdagi vaziyatda mijozlari uchun qayg‘urib, qabul qilingan qarori yagona to‘g‘ri qaror ekanligiga ishonadi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘langan barcha mablag‘lar to‘liq qaytariladi. Shuningdek, kompaniya qo‘shimcha ravishda oldindan to‘lov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etadi.
LiveBarchasi