“Cheklangan balandlik” qoidasiga amal qilmagan yuk mashinasi beton ko‘prikka borib urildi
Jamiyat
−
09 iyul 2021 8942 1 daqiqa
Toshkentda “Cheklangan balandlik” qoidasiga amal qilmagan yuk mashinasi beton ko‘prikka borib urildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 9 iyul kuni soat 11:40 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani KXAY – Bobur ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik ostida 1969 yilda tug‘ilgan haydovchi N.D. HOVO rusumli yuk avtomashinasida “Cheklangan balandlik” yo‘l belgisiga amal qilmay harakatlanib, ko‘prik ostidagi betonga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan mamuriy ish xujjatlari rasmiylashtirilgan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, YHXBB barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘ragan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr