Chekish koronavirusga qarshi vaksina samaradorligiga ta’sir qilishi aniqlandi

Salomatlik

image

Olimlar Pfizer vaksinalariga qarshi emlashda chekish va antitanalar darajalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladilar. COVID-19 ga qarshi emlanishdan keyin antitanalarning konsentratsiyasiga ta’sir etuvchi omillar aniqlandi. Tadqiqotni Dokke va Jichi tibbiyot universitetlarining yapon olimlari o‘tkazishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tadqiqot SARS-CoV-2 ga qarshi antitanalarning titrlarini o‘lchash uchun o‘tkaziladi. Olimlar tadqiqotni Pfizer vaksinasining ikkinchi komponenti bilan emlangan tibbiyot xodimlarida o‘tkazishdi.Tahlil uchun 378 nafar tibbiyot xodimidan ( 255 nafar ayol,123 nafari erkak) qon olishgan. Shuningdek, emlangan insonning tahliliga kasallik tarixi, yoshi va yomon odatlari haqidagi ma’lumotlari ham kiritilgan.

Olimlar chekuvchilar va tamaki mahsulotlarini hech qachon ishlatmagan ko‘ngillilar tahlil natijalarini solishtirishgan. Ma’lum bo‘lishicha, jinsidan qat’i nazar, birinchi guruhga kiruvchilar qonida antitanalarning konsentratsiyasi me’yordan 140-250 donaga past bo‘lgan. 

Kuzatishlarda aniqlanishicha,  emlangan kishining yoshi yana bir hal qiluvchi omil bo‘lib chiqdi.Tahlilda emlangan  keksa yoshli odamlarda IgG darajasi juda ham past natijani ko‘rsatgan. 

Immunologlarning fikriga ko‘ra, chekishni tashlash vaksinaning individual samaradorligini oshirishi mumkin. Shu bilan birga chekishdan voz kechgan organizm kuchli hujayrali immunitetga ega bo‘ladi.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

386

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing