Chexiyaga yangi Prezident saylandi

Olam

image

Chexiyadagi prezidentlik saylovlarida iste’fodagi general, NATO harbiy qo‘mitasining sobiq raisi 61 yoshli Pyotr Pavel g‘alaba qozondi. Bu haqda “RBC” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 27-28 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Pyotr Pavel 57,52% ovoz to‘plagan. Uning raqibi sobiq bosh vazir, biznesmen va jamoatchi Andrey Babish 42,47% ovozga ega bo‘lgan. Saylovda 70,15 foiz kishi ishtirok etgan.

Garchi ovozlarni sanash tugallanmagan bo‘lsada, Pavelni g‘alaba bilan Chexiya bosh vaziri Pyotr Fiala allaqachon tabriklagan.

“Praga qal’asida turli fikrlar va pozitsiyalarni birlashtirmoqchi bo‘lgan odam prezident bo‘lishi yaxshi”, deya ta’kidlagan u.

Shuningdek, Chexiyaning amaldagi Prezidenti Milosh Zemen Pavelni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan.

“Hurmatli janob Prezident, sizni demokratik saylovlardagi g‘alabangiz bilan muborakbod etaman. Chexiyaning yaxshi prezidenti bo‘lishingizni tilayman”, degan Zemen.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing