Chexiyada tungi vaqtda ko‘chaga chiqish taqiqlandi
Olam
−
27 Oktyabr 2020 5122 1 daqiqa
Chexiya hukumati COVID-19 kasalligining rivojlanishiga qarshi kurashish maqsadida fuqarolarga 28 oktyabrdan 3 noyabrgacha soat 21:00 dan 5:00 gacha tashqariga chiqishni taqiqladi. Bu haqda Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Roman ma’lum qilgan.
Shu o‘rinda ayrim istisnolar qo‘llaniladi – fuqarolar ish joyiga borish, shoshilinch vaziyat va uy itlari bilan uydan 500 m masofa uzoqlikda sayr qilish uchun ko‘chaga chiqishi mumkin.
Kunduzi fuqarolar ish joyiga borish, qarindoshlarini ziyorat qilish, oziq-ovqat va dori-darmon sotib olish uchun ko‘chaga chiqishlari mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Chexiyada 162 866 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr