Chexiya Rossiya puliga sotib olingan snaryadlarni Ukrainaga yetkazib beradi
Olam
−
20 avgust
3443Chexiya Ukrainaga yetkazib beriladigan snaryadlarni sotib olish uchun sarflangan mablag‘ manbasini ochiqladi. Gap Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan pullari haqida ketmoqda. Bu haqda Chexiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Chexiya yana bir muhim mablag‘ manbasini qo‘lga kiritdi, undan Ukrainaga juda zarur bo‘lgan yirik kalibrli o‘q-dorilarni yetkazib berishni moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Bular Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 2022 yil fevralida muzlatilgan mablag‘lari”, deya tasdiqladi vazirlik manbasi.
Mamlakat mudofaa vaziri Jana Chernoxovaning ta’kidlashicha, u Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlashning yangi shaklida ishtirok etishidan xursand. Bu chet ellik hamkorlarning Chexiya o‘q-dorilar tashabbusi samaradorligiga ishonchining yana bir isboti. Aynan shu tashabbusning muvaffaqiyati asosida Yevropa Ittifoqi bir necha hafta oldin Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘ni Ukrainaga o‘q-dorilar xarid qilish uchun ishlatish taklifi bilan murojaat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, YeI Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga harbiy yordam ajratmoqchiligi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi