Chexiya Prezidenti jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. U hozir hushsiz

Olam

image

Chexiya Prezidenti Milosh Zeman parlament saylovlarida yutqazgan Bosh vazir Andrey Babish bilan uchrashgandan ko‘p o‘tmay reanimatsiyaga tushib qoldi va ayni vaqtda hushsiz.

BBC’ga ko‘ra, Zeman 77 yoshda va u juda ko‘p chekadi, o‘tmishda esa ko‘p ichgan. Shu vaqtga qadar u nogironlar aravachasidan foydalanib kelgan hamda qandli diabetdan aziyat chekkan.

Mamlakat poytaxti Praga shahrida joylashgan markaziy harbiy shifoxonaning xabar berishicha, Prezidentning eski kasali qo‘zg‘agan, biroq aynan qanday kasallik haqida so‘z borayotgani ochiqlanmagan. 

Chexiyadan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, Zemanda assit – jigar sirrozi oqibatida qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishi borligi haqida mish-mishlar tarqalgan. Chexiya matbuoti esa Prezident shifoxonaga olib kelinganda, shifokorlar uning boshini ushlab turgani haqida xabar bermoqda.

Prezident tobi qochishidan avval, aniqrog‘i bugun, 10 oktyabr kuni ertalab shahar tashqarisidagi qal’asida Bosh vazir Andrey Babish bilan uchrashgan. Qayd etish kerakki, kecha, 9 oktyabr kuni mamlakat parlamentiga saylov o‘tkazilgan va unda Bosh vazirning “Norozi fuqarolar harakati” partiyasi ko‘pchilik kuzatuvchilarni hayron qoldirib, yetarli ovozlarni to‘play olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

236

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing