Chexiya Bosh vaziri “toza” yevropaliklarni tug‘ilish darajasini oshirishga chaqirdi

Olam

image

Yevropaning yo‘q bo‘lib ketishining yagona barqaror yechimi – bu mahalliy aholi o‘rtasida tug‘ilish darajasini oshirish va demografik muammoni halq qilishda kelayotgan muhojirlarga tayanmaslik. Bu haqda Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish bugun, 23 sentyabr kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tgan oilaviy muammolarga bag‘ishlangan xalqaro demografik konferensiyada aytib o‘tdi

“Ommaviy va nazoratsiz migratsiya oqimining Yevropaga kirib kelishi jamiyatimizning barqarorligiga hech qanday aloqasi yo‘q, aksincha. Yevropaning yo‘q bo‘lib ketishiga qarshi yagona barqaror yechim – bu mahalliy aholining tug‘ilish darajasini oshirish. Bu xususan, Vishegrad to‘rtligi (Chexiya, Polsha, Slovakiya va Vengriya) uchun ham umumiy yo‘nalishdir”, deydi Andrey Babish.

O‘z navbatida, konferensiyada so‘zga chiqqan AQSH sobiq vitse-prezidenti Maykl Pens bir vaqtning o‘zida ham oilalarni, ham migratsiyani qo‘llab-quvvatlash mumkin emasligini aytgan.

“Oilalarni qo‘llab-quvvatlashingiz yoki ochiq (migrantlar uchun) chegaralarni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin. Lekin ikkalasini ham bir vaqtning o‘zida qo‘llab-quvvatlay olmaysiz”, deydi Pens.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ham shu ruhda gapirgan. Uning fikricha, “demografik inqirozni yechimi faqat bitta tekislikda – an’anaviy xristian oilasini qo‘llab-quvvatlashda”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing