Chegara masalasida bironta ham kelishuv imzolamagan Rahmon va Japarov 6 soat nima qildi?

Olam

image

Avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon o‘rtasida Dushanbedagi “Millat saroyi”da muzokaralar 5 soatdan ortiq davom etayotgani haqida xabar bergandik.

Uzoq davom etgan ushbu muzokaralar tugadi va uning yakuni bo‘yicha ikki tomon hamkorlik to‘g‘risida yangi shartnomalar imzoladi. Biroq ular orasida chegaraga oid birorta ham hujjat yo‘q.

Qayd etish kerakki, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Matbuot xizmati muzokaralar vaqtida chegara masalasi ham muhokama etilganini ma’lum qilgandi. 

Shunday qilib, uchrashuv yakunlari bo‘yicha, quyidagilar imzolandi:

•  Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi bilan Tojikiston hukumati huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta va pensiya agentligi o‘rtasida pensiya, ijtimoiy sug‘urta sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

•  Qirg‘iziston Respublikasi Kadrlar xizmati va Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati agentligi o‘rtasida davlat xizmati sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

•  Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi hamda Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Yoshlar va sport qo‘mitasi o‘rtasida yoshlar siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

•  Qirg‘izistonning “Kabar” Milliy Axborot Agentligi va Tojikistonning “Xovar” Milliy Axborot Agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Imomali Rahmon bugungi muzokaralarda asosiy e’tibor davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasiga qaratilganini aytdi.

“Biz kelgusi davrda tojik-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi avval kelishilgan bitimni imzolash masalasini muhokama qildik. Hujjat loyihasiga ko‘ra, davlat chegarasining taxminan 520 kilometri tasvirlangan. Bugungi kunga qadar yana 32 kilometr ish tartibi bo‘yicha kelishib olindi”, deydi Rahmon.

Tojikiston Prezidentining ta’kidlashicha, chegara bo‘yicha muzokaralar jarayoni 2002 yilda boshlangan.

“So‘nggi 20 yil ichida, umuman olganda, Qo‘shma komissiyaning 180 ga yaqin yig‘ilishi va chegara chizig‘ini delimitatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlarning yig‘ilishlari o‘tkazildi. Qiyin chegara masalasini hal qilishda odimlash uchun biz kun vazifasini bugungi uchrashuvni qonuniy rasmiylashtirishda ko‘rmoqdamiz”, deydi Rahmon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar chegaradagi so‘nggi fojiali hodisani ham muhokama qilgan.

“Janob Prezident va men aprel oyi oxirida chegarada sodir bo‘lgan fojiali voqea haqida batafsil gaplashdik. Afsuslar bo‘lsinki, har ikki tomondan ham odamlar halok bo‘ldi va azob chekdi, aholiga moddiy va ma’naviy zarar yetkazildi, xalqlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik aloqalari jiddiy zarar ko‘rdi.

Shuning uchun, avvalo, chegaraoldi hududlar aholisi o‘rtasidagi ishonchni qanday tiklash haqida o‘ylashimiz kerak”, deydi Rahmon.

Unga ko‘ra, tojik-qirg‘iz chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiya o‘z ishini tizimli ravishda davom ettiradi.

Qariyb ming kilometr umumiy chegaraga ega bo‘lgan qo‘shnilar mojarosi

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Ko‘k-Tosh qishlog‘i yaqinidagi “Golovnoy” suv olish joyidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismida ikki mamlakat mahalliy aholisi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. 29 aprelda Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga aylandi. Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken va Laylak tumanlarida otishmalar 30 aprel va 1 may kunlari davom etdi. 

1 may kuni tomonlar otishmani to‘liq to‘xtatish va chegaradan kuchlarni olib chiqib ketish to‘g‘risida kelishib olishga muvaffaq bo‘ldi. Xuddi shu kuni tojikistonlik harbiylar Qirg‘iziston hududidan chiqib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing