Checheniston xavfsizlik kengashiga 23 yoshli Xamzat Qodirov rahbar bo‘ldi
Olam
−
11 fevral 2020 7646 1 daqiqa
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning jiyani 23 yoshli Xamzat Qodirov mamlakat xavfsizlik kengashining yangi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda yangi rahbarning amakivachchasi Turpalali Ibragimov Instagram’dagi o‘z sahifasida ma’lum qilgan.
Bunga qadar Xamzat Qodirov Kurchaloyevskiy tumanini boshqarib kelayotgan edi.
“Yangi lavozim bilan chin qalbimdan tabriklayman”, deb yozgan Ibragimov.
Ammo shuni ma’lum qilish lozimki, Turpalali Ibragimov tomonidan ushbu xabar joylashtirilgan sahifa hozirda o‘chirib tashlangan.
Live
Barchasi