Chavusho‘g‘li Turkiyaning Suriyadagi maqsadini ochiqladi

Olam

image

Turkiya Suriyada 11 yildan beri davom etayotgan fuqarolar urushiga barham berishni maqsad qilgan. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.

Vazir jurnalistlarning Anqara va Damashq o‘rtasidagi munosabatlarning normallashishi haqidagi savoliga javob berar ekan, “Maqsadimiz Suriyadagi fuqarolar urushiga chek qo‘yish va siyosiy jarayonni, jumladan konstitutsiya loyihasini jonlantirishdir” deydi.

Turkiya matbuoti 5 avgust kuni Sochida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Anqara Turkiya va Suriya rahbariyati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilayotgani haqida xabar bergandi. Shundan so‘ng Turkiya rasmiylari bunday muzokaralar hozircha rejalashtirilmagani, Anqara va Damashq o‘rtasidagi aloqalar faqat maxsus xizmatlar orqali amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.

6 oktyabr kuni Yevropa siyosiy hamjamiyatining Pragadagi sammitidan so‘ng Erdo‘g‘an Suriya Prezidenti bilan shaxsiy uchrashuvi haqida gap bo‘lishi mumkinmasligini aytgan bo‘lsa, keyinchalik u bunday uchrashuv “vaqti kelganda”, katta ehtimol bilan saylovlardan keyin bo‘lishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Erdo‘g‘an va Asad 2011 yildan beri muloqot qilmagan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing