Chavusho‘g‘li HAMAS yetakchisi bilan “Al-Aqso”ga bosqinni muhokama qildi

Olam

image

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Turkiya TIVning xabar berishicha, Chavusho‘g‘li va Xaniya Isroil harbiylarining G‘azo sektoriga raketa hujumlari va musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi “Al-Aqso” masjidiga bostirib kirishini muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni Isroil mudofaa kuchlari Falastin “Islomiy jihod” guruhining terroristik nishonlariga qarshi olib borilayotgan “Tong” operatsiyasiga start berdi.

Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va Mudofaa vaziri Benni Gans qo‘shma bayonotda zarbalar Isroil fuqarolariga nisbatan o‘ziga xos tahdidni bartaraf etish hamda “terrorchilar va ularning hamkorlariga” zarar yetkazishga qaratilganini aytgan.

Falastinning G‘azo sektoridagi hukmron HAMAS harakati keskinlashuvda Isroilni ayblagan.

7 avgust kuni Isroil va G‘azodagi “Islomiy jihod” harakati Misr vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Isroil hujumlari oqibatida hozirgacha 44 kishi, jumladan 15 nafar bola va 4 nafar ayol halok bo‘lgan hamda yana 360 kishi jarohat olgan.

Boshqa tomondan, 7 avgust kuni 2 mingdan ortiq aqidaparast yahudiylar “Al-Aqso” masjidiga bostirib kirishdi.

Go‘zal Alimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing