ChatGPT YeCHLda qaysi klub g‘olib bo‘lishini taxmin qildi

Sport

image

Sun’iy intellektga asoslangan ChatGPT joriy mavsum Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) Kataloniyaning “Barselona” jamoasi g‘olib bo‘lishini taxmin qildi.

Sun’iy intellektga ko‘ra, “Barselona” musobaqa finaligacha bo‘lgan yo‘lda “Benfika”, “Borussiya” va “Inter” jamoalarini mag‘lubiyatga uchratadi. YeCHL setkasining ikkinchi tomonidan PSJ finalgacha yetib keladi. Hal qiluvchi o‘yingacha parijliklar “Liverpul”, “Aston Villa” va “Real” klublaridan ustun keladi.

Final bellashuvida esa kataloniyaliklar Parij klubi 3:2 hisobida mag‘lub etib, YeCHL g‘olibiga aylanadi. Final o‘yinida PSJdan Dembele dubl qayd etishi, “Barselona” safidan esa Levandovski 2 ta gol urishi va yakunda Lamin Yamalning goli “Barselona”ga o‘z tarixidagi 6-YeCHL sovrinini keltirishi taxmin qilingan.

Ma’lumot uchun, 5 martga o‘tar kechasi YeCHL nimchorak final o‘yinlari boshlanadi. “Barselona” esa 6 martga o‘tar kechasi safarda Portugaliyaning “Benfika” klubi bilan bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing