Charm-poyabzal sanoatida bojxona imtiyozlari 3 yilga uzaytiriladi
Jamiyat
−
10 yanvar 2023
2578
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 10 yanvar kuni gilamchilik, uy tekstili, charm va zargarlik sanoatida yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonda to‘qimachilik loyihalariga qo‘shimcha 300 million dollar yo‘naltiriladi. Shuningdek, charm-poyabzal sanoatida 200 dan ortiq turdagi import xom-ashyo bo‘yicha bojxona imtiyozlari uch yilga uzaytiriladi.
Bugun imzolangan yana bir hujjat bilan zargar tadbirkorlarga xom-ashyoni chegirma bilan sotib olish imkoniyati hamda soliq, bojxona va bank imtiyozlari berilmoqda.
Bu orqali ushbu tarmoqlarda 2,6 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirib, qo‘shimcha 4,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi.
LiveBarchasi