Charm-poyabzal korxonalari uchun soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar uzaytirildi

Jamiyat

image

Charm-poyabzal, mo‘ynachilik sohasi korxonalari va chorva mollarini so‘yish hamda terini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Qarorga muvofiq, 2026 yilgacha charm-poyabzal, jun va mo‘ynachilik eksporti 2,8 baravarga ko‘paytiriladi. 

Tuman (shahar)larda terini qayta ishlashga hamda tayyor charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi.

Kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun 2022-2023 yillarda 90 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalaridagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun banklarga 60 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasi ochiladi.

Banklar tadbirkorlarga yangi uskuna va texnologiyalarni olish uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatgacha 5 foiz stavkada kreditlar ajratadi.

Qarorga ko‘ra, charm-poyabzal, mo‘ynachilik sohasi korxonalari va chorva mollarini so‘yish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha quyidagilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz undiriladi:

•  yalpi tushumda bolalar, ayollar va sport poyabzallari, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari va tagliklari tushumning kamida 60 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar;

•  yalpi tushumining umumiy hajmida poyabzallar, charm-attorlik mahsulotlari va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar eksportidan tushgan tushumning hajmi 80 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar.


Maqola muallifi

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar