Charli Chaplinning nabirasi “Avatar 3”da rol ijro etdi 

Bu qiziq

image

Avvalroq, “Avatar 3” ilmiy-fantastik filmi 2024 yilning 20 dekabrida kinoteatrlarda namoyish etilishi haqida xabar bergan edik. Kartina prodyuseri Jon Landauning takidlashicha, komediyalar ustasi Charli Chaplinning nabirasi aktrisa Una Chaplin “Avatar 3” filmida rol ijro etdi. 

Qayd etilishicha, Una Chaplin kartinada Na’vi olov qabilasining boshlig‘i obrazini gavdalantirgan. Film prodyuseriga ko‘ra, Unaning qahramoni filmdagi boshqa qabiladoshlariga qaraganda salbiy xarakterga ega.

“Dunyoda yaxshi va yomon odamlar bor. Na’vi qabilasida ham xuddi shunday. Lekin ko‘pincha odamlar o‘zlarini yomon deb hisoblamaydi. Ular qanday qilib biz yomon deb hisoblagan narsaga aylanishining asosiy sababi nimada? Balki biz bilmagan boshqa omillar ham bordir”, deydi film prodyuseri.

Ma’lumot uchun, Chaplinlar sulosasi vakili Una Chaplin 1986 yil 4 iyunda tug‘ilgan. U Charli Chaplinning to‘rtinchi rafiqasi Una Ellaning sakkizinchi farzandi Jeraldin Chaplinning qizi hisoblandi. U sulola davomchisi sifatida kino san’atida o‘z o‘rniga ega. U suratga tushgan “Taxtlar o‘yini”, “Sherlok”, “Aql bovar qilmaydigan” kinolari dunyo bo‘ylab tomoshabinlar tomonidan sevib tomosha qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing