Chang‘ichi Chimyon qor uyumlari ostida qolib halok bo‘ldi

3-sahifa

image

61 yoshli rossiyalik chang‘ichi Chimyon traktida qor ko‘chkisi ostida halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 4 yanvar kuni soat 13:20 larda Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘ yonbag‘irlariga dam olish va chang‘i uchish maqsadida chiqqan 61 yoshli Rossiya Federatsiyasi fuqarosi qor ko‘chkisi xavfi to‘g‘risidagi ogohlantirishlarga qaramay, taqiqlangan hududda chang‘i uchib, qor ko‘chkisi xavfini yuzaga keltirgan. Oqibatda qor uyumlari ostida qolib halok bo‘lgan.

Zudlik bilan hodisa joyiga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi Chimyon qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borgan. Olib borilgan qidiruv ishlari davomida chang‘i uchuvchisining jasadi qor uyumlari ostidan chiqarib olingan.

“Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha dam oluvchilardan texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni, taqiqlangan hududlarda chang‘i uchmaslikni va ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raydi”, deyiladi FVV xabarida.

Ozoda Choriyeva 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing