Chang-to‘zon ko‘tariladi – O‘zgidromet
Bu qiziq
−
17 iyul 15813 1 daqiqa
Bugun, 17 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet joriy yilning 18–20 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishining davom etishi haqida ogohlantirish bilan chiqqan edi.
Live
Barchasi