Chalkashtirish oson bo‘lgan xastaliklar: Yurak xurujimi yo pankreatit?

Salomatlik

image

Bugungi kunda yurak xuruji bilan og‘rish holatlari ortib, xastalik ham yil sayin yosharib boryapti. Shu sababli odamlar kasallikning oldini olish uchun yoki asoratlaridan xalos bo‘lish maqsadida turli muolajalar oladi. Ammo sizni bezovta qilayotgan og‘riqlar doim ham yurak xurujidan dalolat bermasligi mumkin. 

Shifokor Aleksandra Chistyakovaning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkir yurak xurujini pankreatit xuruji bilan adashtirib qo‘yish ehtimoli ko‘p uchraydi. Ularni EKG, qon va siydik tahlillari orqali ajratish mumkin. Shuning uchun kasallik alomatlari sezilgan zahoti o‘zbilarmonlik bilan davolanmasdan, shifoxonaga borish muhimdir. 

Pankreatit (oshqozon osti bezining yallig‘lanishi) bilan kasallangan bemorda og‘riq odatda qorinning yuqori qismida paydo bo‘ladi va chap qo‘l (yelka hamda kaft) ga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, uni oshqozon va ko‘krak sohasida og‘riq bilan kechuvchi yurak xuruji alomati, deb o‘ylash ehtimolidir. Ammo pankreatitda og‘riq bir necha kun davom etishi mumkin, yurak xuruji bilan esa bir necha soatda o‘tib ketadi.

“Instrumental diagnostika paytida yurak xuruji kardiogrammadagi xarakterli o‘zgarishlar bilan birga kechadi”, deydi Chistyakova.

Shuningdek, shifokorning bildirishicha, yurak xuruji va pankreatitning har ikkisida qayt qilish kuzatilishi mumkin. Ammo pankreatitda unga diareya va meteorizm ham qo‘shiladi.

Ikki kasallik bir vaqtning o‘zida ham kuzatilishi mumkin. Shuning uchun og‘riqlar birinchi marta sezilganidayoq shifokor ko‘rigiga borish hamda EKG ko‘rigidan o‘tish, qon va siydik tahlillaridan o‘tish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq gripp alomatlari, oldini olish va davolash usullari aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yurak xuruji pankreatit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar