Chaqiruvga ayol hamshira kelmagani uchun erkak feldsher kaltaklandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida erkak onasiga yordam berish uchun kelgan tez yordam feldsherini kaltakladi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yining 23 yanvar kuni 16:30 larda Toshkent tumani tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari (shifokor va feldsher) kelib tushgan chaqiruvga asosan, tumanning “Qorabo‘riq” mahallasiga yetib borgan. Aniqlanishicha, bemor ayol o‘z uyida yiqilib tushib, jarohat olgan. Unga shifokor tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan vaqtda ayolning o‘g‘li kirib kelib, ayol hamshira kelmagani uchun janjal qilgan. 

Shunga qaramay tibbiyot xodimlari xizmat vazifasini bajargan va zaruratga ko‘ra bemorni shifoxonaga olib borgan. Shundan so‘ng bemorning o‘g‘li yana kelib, janjalni davom ettirgan. Tushuntirishlarga qaramay, feldsherni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan bemorning o‘g‘li IIB xodimlari tomonidan protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Toshkent tuman IIB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing