Chadning umrbodga qamalgan sobiq Prezidenti vafot etdi

Olam

image

Afrikadagi Chad Respublikasining sobiq Prezidenti Xissen Xabre 79 yoshida Senegal qamoqxonasida vafot etdi. U umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Xissen Xabrening o‘limi haqidagi ma’lumotni Senegal rasmiylari tasdiqlagan. Mahalliy matbuotda yozilishicha, Chadning sobiq Prezidenti koronavirus oqibatida vafot etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Xabre 1982 yildan 1990 yilgacha Chadni boshqargan. U hukmronlik davrida sodir etgan turli jinoyatlari uchun “afrikalik Pinochet” laqabini olgan. Sobiq Prezident ikki xotini va bolalari bilan Chaddan qochib, Senegal poytaxti Dakarda yashagan.

2016 yilda siyosatchi insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Hukumatning jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha Chad komissiyasi Xissen Xabreni 40 mingga yaqin odamni siyosiy maqsadda o‘ldirish va 200 ming chadlikni qiynoqqa solishda aybdor deb topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing