Castrol motor moyi 125 yoshda
Biznes
−
23 Sentabr
1723Mashina sotib olganingizdan keyin u haqida qayg‘urish ham juda muhim. Ayniqsa, to‘g‘ri moy tanlash avtomobilingizning sizga uzoq yillar mobaynida xizmat qilishiga yordam beradi. Bunda Britaniyaning xalqaro miqyosda 125 yildan buyon xaridorlarga xizmat ko‘rsatayotgan Castrol kompaniyasi yaqindan yordamchi bo‘ladi. Bugun kompaniya o‘zining rebrendingi hamda yubileyini nishonlamoqda.
Castrol’ning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotganiga ham 20 yildan oshdi. U ushbu vaqt mobaynida O‘zbekistonda yagona distribyutor bo‘lgan Gross factor avtomobil moylari bilan hamkorlikda ishlab kelyapti. Ushbu yubiley marosimi ham ikki kompaniyaning hamkorligida tashkil qilingan.
Barcha mahsulotlar Castrol’ning mamlakatdagi firmasi orqali butun O‘zbekistonga tarqatiladi. Mijozlar ko‘lami juda keng. Chunki kompaniya uchun eng muhim faktorlardan biri bu sifatdir.
“Biz Buyuk Britaniyada, Turkiyada yoki O‘zbekistonda bo‘lamizmi, ahamiyati yo‘q. Eng asosiysi mijozlarimiz, hamkorlarimiz, mexaniklarimiz va biz ishlayotgan har qanday kishi bilan yaqin bo‘lishdir. Biz ular nimani o‘ylayotganini bilamiz, kerakli narsani ishlab chiqamiz va ularga eng yaxshisini taklif qilamiz. Sifat – eng asosiysi. U avtomobil bo‘ladimi, xoh u tijorat vositasi bo‘ladimi, xoh sanoat moylarida bo‘ladimi, o‘sha avtomobil uchun talab qilinadigan texnik xususiyatlar bilan chambarchas bog‘liq. Biz doim O‘zbekistonda bo‘lgani kabi original uskunalar ishlab chiqaruvchilar bilan ishlaymiz. BYD biz ishlayotgan shunday yirik kompaniyalardan biri”, deydi Turkiya, Ukraina va Markaziy Osiyo bosh direktori Nilay Tatlisoz.
Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda elektromobil hamda gibrid avtomobillarning soni so‘nggi uch yil ichida 1 ming 307 tadan 25 mingtagacha ko‘paygan. Bu esa xaridorlarning sifatli moyga bo‘lgan talabi yanada ortganini anglatadi. Shu sababli ham Castrol mijozlarga barcha talablarga javob bera oladigan mahsulot yetkazib berishga alohida e’tibor qaratadi.
“Bugungi kunda 4 million avtomobil mavjud. Lekin bu O‘zbekiston aholisi uchun yetarli emas. Ishonchim komilki, mashinalar yanada ko‘payadi, zamonaviy mashinalar kirib keladi. Bu esa iste’molchilarning ehtiyojlari ko‘payishiga olib keladi. Biz har qanday rivojlanishga tayyormiz. Gibrid avtomobillarga talab oshib bormoqda. Bunday mashinalar uchun ham maxsus mahsulotlarimiz bor”, deydi Nilay Tatlisoz.
Bir necha yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Serhan Böçekli - Castrol kompaniyasining O‘rta Osiyodagi rivojlantirish menedjeri esa kompaniyaning 125 yillik xalqaro miqyosdagi faoliyati sirini ochiqladi.
“Castrol mijozlarga yaqin bo‘lish uchun barcha mamlakatlarda filiallar ochgan. Biz mijozlarimizning ehtiyojlariga mos keladigan eng yaxshi imkoniyatlarni taklif qilamiz. Shu sababli, bizning sodiq mijozlarimiz juda ko‘p. Castrol 20 yildan beri O‘zbekistonda Gross factor kompaniyasi bilan xizmat ko‘rsatib keladi. O‘zim 3,5 yilga yaqin O‘zbekistonda ishladim. Mamlakatning 6 ta hududiga tashrif buyurdim, ularning sanoatini o‘rgandim va sodiq mijozlarimiz bilan suhbatlashdim. Ular juda yaxshi natijalarga erishganiga guvoh bo‘ldim”, deydi u.
Kompaniyaning savdolar hajmi hamda hamkor kompaniyalari soni yildan yilga o‘sib bormoqda. Xususan, 2024 yilga kelib Castrol har oyda bir yarim mingdan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatadi. Dunyoga mashhur BYD hamda Chery avtomobil kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekiston bo‘ylab jami savdo do‘konlar soni 361 taga yetdi.
Castrol qirol va qirolichalar, mashhur poygachilar va NASA kompaniyasining tanlovidir. Demak, u hashamatni va o‘zini sevganlar uchun! O‘zingizga eng yaxshisini ilining!
Telegram | Instagram | Veb sayt
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi