Captiva'sini odamlar ustiga haydagan shaxs qamoqqa olindi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida Captiva rusumli avtomobil haydovchisi futbol o‘yinidagi kelishmovchilik sabab odamlar ustiga mashina haydagani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, mazkur avtomashina haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi tegishli tartibda qamoqqa olingan, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 may kuni Jizzax viloyatida "KamAZ" rusumli yuk avtomashinasini mast holatda boshqarib ketayotgan haydovchi mashinasi yordamida qasddan savdo do‘konini buzib tashlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Captiva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing