Byudjetni talon-toroj qilishda “chempion” vazirlik nomi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 9 oyida eng ko‘p Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida (23,3 mlrd.so‘m) byudjet mablag‘laridan foydalanishda kamomad va o‘zlashtirishlar holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Bundan tashqari, Xalq ta’limi vazirligi tizimida 61,1 mlrd.so‘mlik asossiz va ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘yilgan. Bu haqda Moliya vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 oyida pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning kamomadi hamda noqonuniy o‘zlashtirish holatlari (83,7 mlrd.so‘m) 2020 yilning 9 oyiga (28 mlrd.so‘m) nisbatan 3 martaga oshgan. Ushbu holatlarning asosiy qismi quyidagi vazirlik va qo‘mitalar tizimida aniqlangan, jumladan:

•    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida - 23,3 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 13 mln.so‘m);

•    Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida - 17,2 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 3,9 mlrd.so‘m);

•    Xalq ta’limi vazirligi tizimida - 14,4 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 15,4 mlrd.so‘m);

•    Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida - 5,7 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 3,8 mlrd.so‘m);     

•    Madaniyat vazirligi tizimida - 2,7 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 1 mlrd.so‘m); 

•    Turizm va sport vazirligi tizimida - 1,7 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 0,4 mlrd.so‘m); 

•    Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida - 4,2 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 2 mln.so‘m)

•    O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida - 2,2 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 0,4 mlrd.so‘m);     

•    Hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalarida - 2,5 mlrd.so‘m  (2020 yil 9 oyda 1 mlrd.so‘m).

Shuningdek, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni asossiz ortiqcha to‘lanishi, qurilish ta’mirlash ishlarida narxlarni oshirib qo‘llanilishi va bajarilmagan ish hajmlarini qo‘shib yozish, tovar moddiy qiymatliklarni qimmat narxda xarid qilish kabi 457,7 mlrd.so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Bu holatlar 2020 yilning 9 oyi (101,4 mlrd.so‘m)ga nisbatan 4,5 martaga oshgan. 

Ushbu holatlar asosan quyidagi vazirlik va qo‘mitalar tizimida aniqlangan:

•    Xalq ta’limi vazirligi tizimida - 61,1 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 25,4 mlrd.so‘m); 

•    Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida - 61,1 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 6,9 mlrd.so‘m);     

•    Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida - 39,1 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 17,7 mlrd.so‘m); 

•    Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida – 27,3 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 6,3 mlrd.so‘m); 

•    Madaniyat vazirligi tizimida - 18,4 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 2 mlrd.so‘m);

•    Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida - 10,7 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 3,6 mlrd.so‘m); 

•    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida - 7,4 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 0,8 mlrd.so‘m);     

•    Turizm va sport vazirligi tizimida - 7,3 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 1,8 mlrd.so‘m);     

•    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida - 7,1 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 0,4 mlrd.so‘m);     

•    Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida - 80,9 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 1,4 mlrd.so‘m);     

•    Hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarida - 92,4 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 5,6 mlrd.so‘m);

•    Hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalarida - 5,6 mlrd.so‘m (2020 yil 9 oyda 3,5 mlrd.so‘m).

Shuningdek, hisobot davrida 365 mlrd.so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini noqonuniy sarflanishini oldi olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

578

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing