Byudjetdan pul ajratilmaydi – Ortiqxo‘jayev “Tashkent city”ga kirish pulli bo‘lganini izohladi

Jamiyat 13963
image

“Toshkent yoshlar forumi–2020” tadbirining ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Tashkent city”ga kirish pulli bo‘lganiga o‘z munosabatini bildirdi. Marosimda ishtirok etgan QALAMPIR.UZ muxbiri hokimning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda. 

“Parklarni saqlab turishning boshqacha chorasi yo‘q. Misol uchun, shuncha daraxtlar ekilgan, shuncha energiya ketadi, boshqachasiga bilmayman, qanday bo‘ladi?”, deydi hokim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, parkni saqlab turishga 900 million so‘m mablag‘ ketadi. Bir kunda har bitta fontan otilishi 1 million so‘mga tushadi.

“[Bog‘ga] Byudjetdan pul ajratilmaydi. Chunki, soliq to‘lovchilar kirsa-kirmasa pul to‘lamaydiku, to‘g‘rimi? Kirgani to‘lasa, shunda adolatli bo‘lsa kerak. Ya’ni, byudjet soliq to‘lovchilarning hisobiga shakllanadi. Odamlarda haqli savol tug‘iladi: umuman “Tashkent city”ga kirmasam, nima uchun men to‘layotgan soliqdan pul to‘layapsizlar, deyishi mumkin. Shuning uchun o‘zini o‘zi boqqani aktual, menimcha”, deydi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Ma’lumot uchun, bayram kunlarida “Tashkent city”ga kirish bolalar va nafaqaxo‘rlar uchun 5 ming, 12 yoshdan kattalar uchun 10 ming, avtomobilda esa, 20 ming so‘m etib belgilangan. 5 yoshgacha bolalar parkka bepul kirishlari mumkin.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 804
Reyting: 3
t
×