Byudjet jarayonining ochiqligini buzganlar javobgarlikka tortiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalari kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Qonun bilan quyidagi 4 ta qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar bermoqda.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Mazkur tartib 2021 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

Shuningdek, byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibi belgilangan.

Byudjet mablag‘lari taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 25 sanasiga qadar o‘z saytlarida quyidagi ma’lumotlarni joylashtirishi lozim:

  • o‘ziga tegishli byudjet tashkilotlari kesimida byudjet mablag‘lari taqsimoti;
  • davriy moliyaviy hisobotlar;
  • kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi.

Bundan tashqari, Byudjet kodeksi Soliq kodeksi hamda amaldagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan. Shu jumladan, Byudjet kodeksiga tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarga oid norma kiritilgan. 

Unga ko‘ra, tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar qaytarmaslik sharti bilan hududiy byudjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari xarajatlarining tegishli daromadlar prognozidan oshgan qismini qoplash uchun beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing