ByteDance TikTok'ni Microsoft'ga sotishni istamayapti

Texnologiya

image

Xitoyning ByteDance kompaniyasi Microsoft korporatsiyasiga TikTok ijtimoiy tarmog‘ining Amerika segmentini sotishdan bosh tortdi. Tegishli bayonot 13 sentyabr kuni Microsoft veb-saytida e’lon qilindi. 

"ByteDance TikTok'ning AQSH segmentini Microsoft'ga sotmasliklari to‘g‘risida ogohlantirdi", deyilgan bayonotda. 

AQSH prezidenti Donald Tramp 31 iyul kuni AQSHda TikTok'ni taqiqlashni rejalashtirayotganini e’lon qilgandi. Keyinchalik u Microsoft yoki boshqa bir Amerika kompaniyasi 15 sentyabrga qadar ByteDance'dan ijtimoiy tarmoqni sotib olish uchun shartnoma tuzishi kerakligini aytdi.

AQSH ma’muriyatining TikTok bilan bog‘liq xavotirlari ijtimoiy tarmoq rahbariyatining targ‘ibot bilan shug‘ullanayotgani va foydalanuvchi ma’lumotlarini Xitoy rasmiylariga o‘tkazayotgani haqidagi da’volar bilan bog‘liq. 14 avgust kuni Tramp ByteDance'ni Amerika hududidagi barcha ijtimoiy media aktivlaridan voz kechishga majburlovchi ijro buyrug‘ini imzoladi.

Ma’lumot uchun, Amerikaning TikTok bo‘limi vakillari 24 avgust kuni Kaliforniya shtati Markaziy okrugi federal sudiga AQSH ma’muriyatiga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilishgan. Ular mamlakatda TikTok'ni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishni talab qilmoqdalar.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Tramp Microsoft TikTok

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing