Buyuk shoir Alisher Navoiy haqida film yaratildi

Biznes

image

Kuni kecha Adiblar xiyobonida o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy haqida yaratilgan hujjatli film namoyishi bo‘lib o‘tdi. Premera avvalida tashkilotchilar tomonidan Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yildi

Namoyishda talabalar o‘zbek va ingliz tillarida shoir ijodidan namunalarni o‘qib berganlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Yaratilgan ushbu film sabab shoir ijodiga yana bir bor nazar solindi.

Ssenariy muallifi va kinokartinada boshlovchi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi-rassom Shahzod Muhammadiyev, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, montaj ustasi Zuhriddin Asamov, ijrochi prodyuser Davronxo‘ja Abdug‘aniyev.

Kinematografiya agentligi tomonidan 6 sentyabrdan buyon Bobur, Abdulla Oripov, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etildi.

Oldinda 29 sentyabrga qadar Ogahiy, Cho‘lpon, Zulfiya, Erkin Vohidov, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premeralari bo‘lib o‘tadi.

Kinematografiya agentligi har doimgidek ajoyib an’anani boshlagan. 28 sentyabr kuni boshlanishi kutilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali oldi eng yangi filmlarning ochiq havoda ommaga namoyish qilinishi, albatta, quvonarli hodisa.

Eslatib o‘tamiz, 28 sentyabrdan 3 oktyabrgacha respublika bo‘ylab "Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing