Buyuk Britaniyada koronavirusning ikkita yangi mutatsiyasi topildi 

Olam

image

Buyuk Britaniyaning Mersisayd (Liverpul) va Bristol grafliklarida koronavirusning ikkita yangi varianti aniqlandi. Bu haqda "Sky News" xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, Bristolda aniqlangan virus shtammi "xavotirga soluvchi" deb tasniflangan. 

Britaniyaning Virusli tahdidlar bo‘yicha maslahat guruhi mutaxassislari fikriga ko‘ra, bu shtamm nafaqat yuqumliroq bo‘lishi, balki u vaksina bilan o‘ziga xos reaksiyaga kirishib, unga qarshilik ham ko‘rsatishi mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, Liverpulda topilgan ikkinchi variant hozirda "tekshirilmoqda". 

Qayd etilishicha, aniqlangan har ikki variantning xususiyati Janubiy Afrika shtammi bilan o‘xshash.

Angliya Jamoat sog‘ligini saqlash xizmatiga ko‘ra, bugungi kunda ushbu ikkita variantning umumiy hisobda 76 ta holati aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing