Buyuk Britaniyada koronavirusdan o‘lim eng yuqori darajaga yetdi

Olam

image

Buyuk Britaniya koronavirusdan o‘lim darajasi bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘rtasida eng yuqori natijani ko‘rsatdi. Bu haqda Oksford Universitetidagi "Bizning dunyomizdagi ma’lumotlar" tadqiqot platformasi tomonidan tuzilgan statistik ma’lumotlari darak bermoqda. 

Qayd etilishicha, o‘tgan hafta davomida, ya’ni, 11-17 yanvar kunlari qirollikda kuniga 935 kishi COVID-19 dan vafot etgan, bu har 1 millionga 16,5 kishi demakdir. 

Platforma ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo mamlakatlarining hech birida o‘lim ko‘rsatkichi aholi jon boshiga hisoblaganda Buyuk Britaniyakichalik ko‘p emas. 

Ma’lumot o‘rnida, koronavirusning yangi turi 2020 yilning sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshidan buyon 3,4 mln kishida koronavirus aniqlangan. 89 ming 261 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'lim koronavirus

Baholaganlar

227

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing