Buyuk Britaniyada ilk rassom-robot yaratildi
Texnologiya
−
18 fevral 2019
4575Britaniyalik dasturchilar xali dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan Ay-du robot-rassomni yaratdilar. Qurilma dunyodagi birinchi dasturchi ayol Ada Lavleys sharafiga nomlangan bo‘lib, qalam orqali rasm chiza oladi. Bu haqda “Daze Figital” xabar bermoqda.
Ay-du qurilmasi sun’iy ong asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u silikon teri qoplangan bionik qo‘l orqali surat chizadi. Androidning ko‘zlariga kameralar o‘rnatilgan, uning tish va milklari xuddi odamnikidek ko‘rinishga ega.
“Temir” rassom Ay-du bir suratni 45 daqiqa ichida chiza oladi. Androidni ishlab chiqqan dasturchilar xaqiqiy ijodkor rassomlarga, uni o‘zlari uchun raqobatchi sifatida qabul qilmasliklarini so‘rab murojaat qildilar. Unda “aksincha bu qurilma sizlarni yanada yaxshi ishlashingiz uchun ko‘makchidir”, deb ta’kidlanadi.
Ma’lumot uchun, Ay-du qurilmasi chizgan suratlarning ilk ko‘rgazmasi may va noyabr oylarinig boshida London shahrida o‘tkaziladi.
LiveBarchasi