Buyuk Britaniyada endi jasadlar suvda qaynatiladi
Bu qiziq
−
04 iyul 2023
50968Buyuk Britaniyada ekologiyaga yetkaziladigan zarar miqdorini kamaytirish maqsadida o‘liklarni ishqorli suvda eritish amaliyoti joriy etilmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilishicha, suv vositasida rezomatsiya qilish amaliyotida jasadlar maxsus ishqorli, selsiy bo‘yicha 160 daraja issiqlikdagi suvda eritiladi. Buyuk Britaniyada rezomatsiyani qo‘llash shu yilning oxiridan amalda bo‘lishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘liklarni suvda eritishga AQSH, Kanada va Janubiy Afrikaning bir nechta shtatlarida rasman ruxsat berilgan.
Jasadni suvda ertishning an’anaviy krematsiyadan farqi shundaki, bu jarayon atmosferaga 50 foiz kamroq zaharli gazlar chiqaradi. Bunda ishqorli suvga tashlangan o‘likning faqat ustuhoni saqlanib qoladi va suyaklar kuydirilib, kukun holiga keltirilgach, marhumning yaqinlariga uning kuli beriladi.
Jarayon natijasida hosil bo‘lgan suv oqova sifatida drenaj tizimiga qaytarib yuborishga ruxsat berilgan.
Bu amaliyot advokatlar tomonidan marhumning tanasiga nisbatan yumshoqroq munosabatda bo‘lishi va atrof-muhitga kamroq ziyon yetkazishi sabab e’tirof etilgan.
So‘rovlarga ko‘ra, mamlakat aholisining katta qismi rezomatsiya yoki akvamatsiya nomli mazkur jarayon haqida ma’lumotga ega emas. Ammo bu haqda yetarlicha tushuntirish berilganidan so‘ng, ularning 29 foizi o‘zining dafn marosimida shu usuldan foydalanishlariga qarshi emasligini bildirgan.
“Buyuk Britaniyada rezomatsiyani amalga oshirishni boshlash orqali Co-op Funeralcare kompaniyasi odamlarga bu dunyoni tark etishning boshqa variantini taqdim etadi. Chunki bu tabiiy jarayonda olovdan emas, suvdan foydalaniladi. Bu tanani yumshoqroq yo‘l bilan yo‘q qiladi va atrof-muhitga kamroq zarar yetkazadi", deydi Buyuk Britaniyada dafn xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi Co-op Funeralcare kompaniyasi rahbari Julian Atkinson.
Ma’lumot uchun, jasadlar an’anaviy usulda yoqilganda havoga 245 kilogramm uglerod chiqariladi. Bu esa yillik 115 ming 150 tonna uglerod degani. Mazkur miqdor 65 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashga yetadi.
Rezomatsiya jarayoni an’anaviy tobutda olib boriladi. Biroq unda jasad kuydirish uchun jun kafanga o‘ralib, makkajo‘xori kraxmalidan qilingan “bioxalta”ga joylashtiriladi. So‘ng mayit 95 foiz suv va besh foiz kaliy gidroksiddan iborat maxsus kameraga joylashtiriladi va taxminan 160 darajagacha qizdiriladi. To‘rt soatdan keyin o‘likning suyaklaridan boshqa hamma a’zolari erib bitadi.
LiveBarchasi