Buyuk Britaniyada amaldorlar Bosh vazir o‘rinbosaridan ommaviy shikoyat qildi
Olam
−
26 yanvar 2023
5294Buyuk Britaniyada kamida 24 davlat xizmatchisi Britaniya bosh vaziri o‘rinbosari va adliya vaziri (yarim kunlik shtatda) Dominik Raab ustidan rasmiy shikoyat bilan murojaat qildi. Ommaviy shikoyatlar haqida "The Guardian" gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga amaldorning nomaqbul xatti-harakati sabab bo‘lgan. Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, arizalarning umumiy soni 30 ga yetishi mumkin. Shikoyatchilar Raab "o‘z qadr-qimmatini kamsitgan", shuningdek, o‘zini qo‘pol va tajovuzkor tutganini da’vo qilmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvlar oldidan o‘zlarini yomon his qilgan, ba’zilarida esa o‘z joniga qasd qilish fikri ham bo‘lgan.
Nashrning yozishicha, tergov ko‘lami va ayblovlarning jiddiyligi Raab o‘z lavozimini saqlab qolishi uchun kurashishga majbur bo‘lishini anglatishi mumkin. Raabning o‘zi bu ayblovlarni butunlay inkor etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya hukumatidagi faoliyati davomida u o‘zini professional tarzda tutgan.
LiveBarchasi