Buyuk Britaniyada 10 kunlik milliy motam e’lon qilindi
Olam
−
09 Sentabr 2022 6838 1 daqiqa
Buyuk Britaniya va Britaniya Hamdo‘stligining 50 dan ortiq davlatida qirolicha Yelizaveta II vafoti munosabati bilan o‘n kunlik motam boshlandi. Bu haqda “Sky News” yozmoqda.
Motam qirolichaning dafn marosimiga qadar davom etadi. Dafn marosimi motam tugagandan keyin bo‘lib o‘tadi. Bayonnomaga muvofiq, butun mamlakat bo‘ylab davlat bayroqlari tushiriladi. Buyuk Britaniyada motam paytida yirik sport tadbirlari, jumladan, futbol va kriket o‘yinlari allaqachon bekor qilingan. Ba’zi Britaniya telekanallari, jumladan, BBC One allaqachon o‘z efir jadvalini o‘zgartirgan.
8 sentyabr kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi. U turmush o‘rtog‘idan bir yarim yilga kamroq umr ko‘rdi.
Ertaga, 10 sentyabr kuni Yelizaveta II ning to‘ng‘ich o‘g‘li Charlz Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi qiroli deb e’lon qilinishi kutilyapti. U Charlz III deb ataladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025