Buyuk Britaniya va YeI Rossiyani izolyatsiya qilmoqchi

Olam

image

Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Rossiya delegatsiyasining kelgusi hafta Indoneziyadagi G20 sammitidagi chiqishini boykot qiladi. Kecha, 11 noyabr kuni “The Daily Telegraph” gazetasining Yevropa Ittifoqi rasmiylariga tayanib xabar berishicha, London va Bryussel forumda Moskvani izolyatsiya qilishga intilish niyatida. 

“Buyuk Britaniya umuman Yevropa Ittifoqi bilan tashqi siyosatni muvofiqlashtirishdan manfaatdor emas, biroq bu borada bizning maqsadimiz bir”, deya YeI tashqi xizmati vakili bayonotidan iqtibos keltiradi nashr. “Daily Telegraph” gazetasining qayd etishicha, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sammit davomida Rossiya Federatsiyasini Ukrainadagi mojaroni deyeskalatsiya qilishga chaqiradi. 

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi tinch yo‘l bilan kelishuv bo‘yicha muzokaralar Kiyev uchun ma’qul bo‘lgan shartlar asosida olib borilishi kerakligini ochiq aytmoqchi. Qolaversa, Yevropa poytaxtlari Rossiya Federatsiyasiga qarshi keskinlikni pasaytirishga qaratilgan har qanday chaqiriq Moskva va Pekin pozitsiyasi tufayli sammitning yakuniy deklaratsiyasida aks etmasligi mumkin, deb hisoblaydi. Yevropa Ittifoqi vakili Rossiya-Xitoy hamkorligini “cheksiz do‘stlik” deb ta’rifladi. 

G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tadi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bu uchrashuvga bormaydi, Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

272

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing