Buyuk Britaniya Bill Geyts fondi bilan pandemiyalarning oldini olish rejasini ishlab chiqdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bill va Melinda Geyts Jamg‘armasi hamda Britaniyaning Welcome Trust xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda yangi pandemiyalarning oldini olish bo‘yicha xalqaro harakatlar rejasini ishlab chiqdi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bugun, 26 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi 75-sessiyasining umumiy siyosiy bahslarida nutq so‘zlab, harakatlar rejasi haqida ma’lumot beradi

Buyuk Britaniya 2021 yilda 7 mamlakat (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) bilan rejani amalga oshirish uchun ishlashni rejalashtirgan. Harakatlar rejasi xavfli kasalliklar tarqalishiga qarshi tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan beshta punktdan iborat.

Hujjatda ta’kidlanganidek, qo‘zg‘atuvchilarning taxminan 60 foizi hayvonlar orasida paydo bo‘ladi. Keyinchalik o‘zgartirilib, odamlar uchun xavf tug‘dirish darajasiga yetadi. Shuning uchun, rejada dastlabki vazifa mutatsiya yuz bergunga qadar, potensial xavfli mikroorganizmlarni aniqlab o‘rganish bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon, 32,2 million odam kasallik bilan zararlangan, 983 mingdan ko‘p odam vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, yuqori darajadagi BMT Bosh Assambleyasi haftaligi 22-29 sentyabr kunlari video formatda o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing