Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida O‘zbekiston uchinchi o‘rinni oldi

Sport

image

Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida qatnashgan jahon jamoalarining medallari soni bo‘yicha yakuniy jadval e’lon qilindi – O‘zbekiston umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘yinlar yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston medallar jadvalida raqiblarini ishonchli tarzda ortda qoldirdi: mamlakat sportchilari hisobida 114 ta medal bor. Ulardan 44 tasi oltin, 33 tasi kumush va 37 tasi bronzadir.

Ikkinchi o‘rinda Qirg‘iziston jamoalari joylashgan. Ularda 18 ta oltin, 21 ta kumush va 25 ta bronza bor.

Uchinchi o‘rinni 11 oltin, 12 kumush va 11 bronza medali bilan O‘zbekiston band etgan.

Bugun, 13 sentyabr kuni Ostona shahrida Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari yakunlandi. “Etnoaul” milliy-madaniy majmuasida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Butunjahon ko'chmanchilar o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing