Butun dunyo oldida sharmanda bo‘ldik – Dursun O‘zbek

Sport

image

“Galatasaroy” klubi prezidenti Dursun O‘zbek jamoasi va “Fenerbaxche” o‘rtasidagi Turkiya Superkubogi uchrashuvi haqida gapirdi.

“Men bunday vaziyatni kutmagandim. Biz absurdga duch keldik. Shu vaqtga qadar Urfadek go‘zal shaharda ushbu derbini tomosha qilishdan zavqlanib kelgan bo‘lsakda, bu safar kutilmagan voqeaning oldidan chiqdik. Butun dunyo oldida sharmanda bo‘ldik. “Galatasaroy” va “Fenerbaxche”ning vazifasi odamlarni futbolga mehr qo‘yishga undashdir”, deydi O‘zbek.

Qayd etish joiz, 7 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Turkiya Superkubogi final bahsida “Fenerbaxche” va “Galatasaroy” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Birinchi daqiqadayoq Mauro Ikardi “Galatasaroy”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Goldan keyin “Fenerbaxche” futbolchilari o‘yinni boykot qilib, maydonni tark etdi. Shu tariqa “Fenerbaxche”ga texnik mag‘lubiyat yozildi, “Galatasaroy” esa Turkiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Fenerbaxche Galatasaroy Dursun O'zbek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing