Butun hokimiyat tizimiga kirib bordik – Surxondaryo hokimligi saytiga hakerlar hujum qildi
Jamiyat
−
06 yanvar 2021
13982Surxondaryo viloyati hokimligining rasmiy www.surxondaryo.uz saytiga hakerlar hujum uyushtirib, viloyat hokimi To‘ra Bobolovga murojaat qoldirib ketdi. Unda viloyat hokimidan AKT bo‘limiga “universitetni otasining puliga tugatgan kattakonlarning bolasini emas, soha bo‘yicha haqiqiy mutaxassislarni ishga olish” so‘ralgan.
“Clone Security sizni qutlaydi! Surxondaryo viloyati hokimi Bobolov To‘ra Abdiyevichga biz quyidagilarni ma’lum qilamiz: AKT bo‘limiga universitetni otasining puliga tugatgan kattakonlarning bolasini emas, soha bo‘yicha haqiqiy mutaxassislarni ishga oling. Biz butun hokimiyat tizimiga kirib bordik. Agar yaxshi mutaxassislarni e’tiborga olib, ularga qimmatli vaqtingizni ajratmasangiz, butun internetda sizning yopiq qaror va farmoyishlaringiz sharmandalarcha tarqaladi. Xavotir olmang sizni “tupoy” AKT xodimlaringiz sharofati bilan biz butun hokimiyat tizimiga kirib ulgurdik. Siz bizdan emas, avvalo Yaratgandan qo‘rqing, agar xodimlarni ishga olish tartibini o‘zgartirmasangiz, biz sizga guruhimiz nomidan va’da beramiz: butun boshli tizimni ishdan chiqaramiz. AKT sohasiga e’tibor qaratishga majbursiz! Hammasi yaxshi bo‘ladi, Yaratgandan qo‘rqing va vijdoningizga quloq tuting! Yana ko‘rishguncha!” deb yozgan hakerlar.
LiveBarchasi