Bo‘stonliq tumaniga hokim tayinlandi
Jamiyat
−
27 avgust 2020 12946 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga Jo‘rabek Ilhomovich Ahmedov hokim etib tayinlandi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, Jo‘rabek Ahmedov bunga qadar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Investisiyalarni jalb qilish va turizm infrastrukturasini rivojlantirish departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatning Bo‘stonliq tumanida belgilangan loyihalar to‘g‘ri amalga oshirilishi uchun hududga rahbarlik qilishni Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirish taklifini bildirdi.
Ma’lumot uchun, shu paytgacha Bo‘stonliq tuman hokimi vazifasini G‘ayrat G‘ulomjonovich Madaminov bajargan edi.
Ahrorbek Hayrullayev
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025