Bo‘stonliqda supa, so‘ri kabi dam olish joylari soliqqa tortiladi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda qimmat avtokreditlar tufayli o‘rtacha foiz stavkasi oshdi north_east

O‘zbekistonda qimmat avtokreditlar tufayli o‘rtacha foiz stavkasi oshdi

2020 yil 1 maydan 2021 yil 1 maygacha Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yangi soliq tartibi sinovdan o‘tkaziladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20 fevraldagi 107-sonli qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, suv transporti, suv mototsikllari, qorda yuradigan texnika vositalari, kvadratsikllar, paraplan va deltaplanlar, shuningdek, supa, so‘ri va shunga o‘xshash dam olish joylari jismoniy shaxslarning daromad manbasi hisoblanadi va soliqqa tortiladi.

Tajriba davrida jismoniy shaxslar tomonidan dam olish uylari, yashash uchun mo‘ljallangan turar joylar va boshqa ayrim mol-mulklar soliq organlarining tayanch punktlari tomonidan mulk egasiga soliq solish ob’ektlarining hisobga qo‘yilgani to‘g‘risidagi bepul beriladigan guvohnoma asosida ijaraga beriladi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkalarning ijaraga berilishi bilan birga, Davlat soliq qo‘mitasining yagona elektroq platformasiga bu haqdagi ma’lumotlar kiritiladi.

Ko‘chmas mulk ob’ekti va mol-mulk turlari soliq organlarida hisobga olingan maxsus cheklar taqdim etish orqali ijaraga beriladi hamda tegishli soliqlar to‘langanidan keyin qolgan mablag‘ni bank kassasiga topshirish ixtiyoriy hisoblanadi.

Tajribadan maqsad soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z majburiyatlarini vaqtida, to‘liq va to‘g‘ri bajarilishini ta’minlashdir.

Ushbu tartib-qoidalar tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda oilaviy mehmon uylari va ayrim mol-mulk turlarini ijaraga berish bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Davlat soliq qo‘mitasida qayd etilishicha, bu o‘zgarishlar davr talabi bo‘lib, Toshkent viloyatida turistik xizmatlar ko‘lamini yaxshilash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va soliq solinadigan ob’ektlarni hisobga olish tartibini soddalashtirishga qaratilgan.

Yaqin kunlarda Bo‘stonliq tumanining G‘azalkent shahri, “Do‘stlik”, “Sijjak” va “Novobod” mahalla hududlarida 4 ta soliq tayanch punkti tashkil etiladi. Ularda faoliyat yuritadigan xodimlar ushbu qarorda ko‘rsatilgan va soliqqa tortiladigan ko‘char va ko‘chmas mulk ob’ektlarini hisobga oladi.

Dam olish xizmatlarini ko‘rsatish faqat ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma asosida amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Bo'stonliq

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing