Bo‘stonliqda sharsharada rasmga tushmoqchi bo‘lgan yigit tepalikdan tushib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga dam olishga borgan fuqaro suratga tushaman deb, tepalikdan yiqilib tushdi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 2 may kuni soat 15:00 da Bo‘stonliq tumani Yangi qo‘rg‘on qishlog‘iga tabiat qo‘ynida dam olish uchun borgan fuqarolardan biri “Soy mazor” sharsharasi tepasiga chiqib, rasmga tushmoqchi bo‘lgan va ehtiyotsizligi oqibatida tepalikdan yiqilgan. Oqibatda u o‘ng oyog‘ining son qismini sindirib olgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Bo‘stonliq tumani Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va tepalikdan olib tushib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan. Malakaviy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Bo‘stonliq tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

482

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing