Bo‘stonliqda Nexia-2 yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
11:13 2764 1 daqiqa
Kecha, 21 mart kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Nexia-2 yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:48 da Bo‘stonliq tumani O‘zgarish ko‘chasida Nexia-2 rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida viloyat FVBBga xabar tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari aytilgan manzilga soat 11:53 da yetib borib, yong‘in soat 11:56 da bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida Damas mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgandi. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagani hamda yong‘in yuzaga kelmagan.