Bo‘stonliqda mototsiklchi YTH oqibatida vafot etdi
3-sahifa
−
24 noyabr 4308 1 daqiqa
Kecha, 23 noyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 43 yoshli shaxs mototsiklda yo‘l-transport hodisasiga uchrab vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, taxminan soat 14:00 larda Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi D012 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 64-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisada 1982 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro G.A. o‘zining Honda rusumli mototransport vositasida “Chorbog‘–Toshkent” yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonida o‘rnatilgan temir to‘siqqa borib urilgan. Oqibatda haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Matiz ZIL bilan to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi