Buskets “Barselona”ga murabbiy sifatida qaytdi
Sport
−
17:08 528 1 daqiqa
“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Serxio Buskets klubning ikkinchi jamoasi – “Barselona Atletik” murabbiylar shtabiga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Kataloniya klubining rasmiy sayti xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis Juliano Belletti boshchiligidagi jamoada texnik yordamchi sifatida ishlaydi.
Buskets “Barselona” asosiy jamoasida 15 mavsum davomida to‘p tepdi va keyinchalik “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tdi. U kataloniyaliklar safida jami 840 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 62 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ispaniyalik futbolchi “Barselona” bilan 35 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida 9 marta La Liga, 7 martadan Ispaniya Kubogi va Superkubogi, shuningdek, 3 martadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionligi bor.
Buskets “Inter Mayami” bilan ham MLS muntazam chempionati, Liga kubogi va MLS Kubogida bir martadan g‘olib bo‘ldi.
U Ispaniya terma jamoasi safida 143 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma qayd etgan. Buskets 2010 yilgi Jahon chempionati va Yevro-2012 turnirida Ispaniya bilan birga g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona”ning yana bir sobiq futbolchisi va sobiq murabbiyi Xavi Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi.
Live
Barchasi